Joriy yilning 21-iyul kuni soat 05:30 larda mazkur kon hududida avtoag‘dargich va xizmat avtomashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 2 nafar ishchi-xodim vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, nazorat qiluvchi davlat tashkilotlari tomonidan maxsus tekshirish olib borilib, yo‘l-transport hodisasining sodir bo‘lish holatlari va kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Kombinatning mas’ul tegishli xizmatlari xodimlari tomonidan bunday noxush hodisalarning oldini olish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.