Madaniy meros agentligi tizimida 104 ta muzey va uning filiallari faoliyat yuritib kelmoqda, shundan, 37 tasi asosiy muzeylar, 67 tasi filiallardir. Muzeylarning 7 tasi muzey-qoʻriqxonalar, 12 tasi uy-muzeylari hisoblanadi.

Respublika muzeylari fondlarida, jami 2 400 000 ta muzey ashyolari va kolleksiyalari mavjud boʻlib, shundan 1 700 000 ta ortigʻi asosiy fondda, 600 000 ta ilmiy-yordamchi fonddagi muzey ashyolari va kolleksiyalari hisoblanadi.

2020-2021-yil davomida muzeylar sohasini rivojlantirishda asosiy eʼtibor sohaga axborot texnologiyalarni faol tadbiq qilish, raqamlashtirish ishlariga qaratildi. Jumladan, 2020-yilda Milliy muzey fondining elektron katalogi tizimi yaratilib (www.davkatalog.uz), unga 46 ta davlat muzeylari biriktirildi. 2021-yilda 229 677 ta muzey ashyolari va kolleksiyalari elektron identifikatsiya qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekiston muzeylari yagona portali yaratilib, hozirgi vaqtda 26 ta muzey toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritildi. Ayni paytda 12 ta muzeylarning maʼlumotlar bazasi shakllantirilmoqda. Joriy yilning yakuniga qadar 12 ta muzey maʼlumotlari yagona portalga kiritilishi rejalashtirilgan.

Toshkent shahrida joylashgan muzeylarni roundme.com platformasi uchun eng zamonaviy IT texnologiyalaridan foydalangan holda, sifat koʻrsatkichning yangi standarti – 12 K oʻlchamida 3D formatda tasvirga olish (“Virtual muzey” loyihasi) ishlari olib borildi. 18 tadan ortiq muzeylarda tasvirga olish ishlari olib borildi hamda dunyoning eng katta platformasi boʻlgan roundme.com, shuningdek vrmuseum.uz (TasIX) ga joylashtirildi.

2022-yildan boshlab respublika muzeylarida tashkil etiladigan koʻrgazmalar, koʻchma koʻrgazmalar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, forumlar, konferensiya va seminarlar boʻyicha kalendar rejalarini tasdiqlash amaliyoti joriy etildi. Shuningdek, muzeylar faoliyatini baholash tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6000-son Farmoyishiga muvofiq muzeylarning ilmiy salohiyatini kuchaytirish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan boshlab muzeylarning ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari 2-2,5 koeffitsiyentga oshirildi.

2020-yil sentyabr oyidan boshlab davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi “ochiq eshiklar kuni” deb eʼlon qilindi va ushbu “ochiq eshiklar kuni”da fuqarolar muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib koʻrish uchun davlat muzeylariga bepul kiritilishi belgilandi.

Registon majmuasi namuna sifatida 34 toʻplamdagi IP 4 (raqamli) video qayd qilish moslamalari, 6 toʻplamdagi turniket (lazer-datchikli)lar bilan jihozlangan boʻlib, majmuaga kirish uchun elektron toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratildi.

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida 2022-yildan boshlab doimiy ravishda madaniy meros va davlat muzey yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni “Madaniy boyliklarni nazorat qilish va badiiy ekspertizadan oʻtkazish”“Menejment”“Marketing”“Muzey fondini yuritish”“konservatsiya va restavratsiya”“Muzey ekspozitsiyasini yaratish va badiiy bezash” boʻyicha malakasi oshiriladi.

Yuqoridagi sohalarda kadrlarga sifatli taʼlim berish maqsadida AQSH, Fransiya, Avstraliya, Turkiya va Xitoy davlatlaridan Oxford, Queensland hamda Griffith kabi dunyoning top universitetlarida faoliyat olib borgan professor-oʻqituvchilar jalb qilindi.

Muzeylar sohasida Rossiya Federatsiyasining Madaniyat vazirligi hamda Madaniy meros agentligi bilan birgalikda joriy yilning

30-oktyabr kuni, Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Rossiya davlatlari oʻrtasida oʻrnatilgan diplomatik aloqalarning 30 yilligini keng nishonlash, shuningdek, ikki tomon madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash va sohadagi oʻzaro targʻibot ishlarini kengaytirish, jumladan muzeylar oʻrtasidagi qoʻshma loyihalarni jadallashtirish maqsadida “Oʻzbekiston – Rossiya muzeylar ROAD-SHOW” mavzusida multimediali koʻrgazma va ilmiy-amaliy seminar boʻilib oʻtdi.

Shuningdek, Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamda Madaniy meros agentligi oʻrtasida “Ipak Yoʻli madaniy merosini raqamli arxivlar orqali saqlash” boʻyicha grant loyihasi imzolandi.

Ayni paytda Muzeylar va moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining pullik xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Muzeylar toʻgʻrisida”gi qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-iyundagi qaroriga asosan, “Xorijiy va ilgʻor tajribalarni oʻrgangan holda muzeylar va moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarida pullik xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilash” vazifalari yuklatilgan.

“Muzeylar toʻgʻrisida”gi qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan, Davlat muzeylari va moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlari tomonidan pullik xizmat koʻrsatish faoliyat turlari, Oʻzbekiston fuqorolariga beriladigan imtiyozlarni belgilash maqsadida Madaniy meros agentligi tomonidan Davlat muzeylari va moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarida pullik xizmat koʻrsatish tartibini belgilash toʻgʻrisida nizom loyihasi ishlab chiqildi.

Shuningdek, Madaniy meros agentligi tomonidan Muzeylar va turistik yoʻnalishlardagi madaniy meros obyektlarida “Museum shop” (muzey doʻkon) tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishchi guruh tashkil etildi. Mazkur ishchi guruh tomonidan “Museum shop”larni tashkil qilish boʻyicha Turkiya, Xitoy, Fransiya, AQSH kabi davlatlarning tajribasini oʻrganish va ularning ilgʻor tajribalarini Oʻzbekistonda tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

Har bir muzeyda “Museum shop”larida muzeyning oʻziga xos brend va savdo belgilari, noyob muzey ashyolari nusxalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

2022-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar

Birinchidan, Milliy muzey fondining elektron katalogi (www.goskatalog.uz) tizimiga bir millionta muzey ashyolari va kolleksiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilib, milliy muzey fondining elektron davlat katalogiga kiritilgan muzey ashyolari ulushi 10 foizdan 55 foizga yetkaziladi.

Ikkinchidan, Muzeylarda saqlanayotgan muzey ashyolari va kolleksiyalarining 100 tasining 3D shaklidagi koʻrinishlari yaratilgan boʻlib, joriy yilda ularning soni 200 taga yetkaziladi.

Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan 200 ta muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini restavratsiya, konservatsiya qilish ishlarini amalga oshiraladi.

Muzeylar tomonidan taʼlim muassasalari va yirik tashkilotlarida 2022-yilda 530 ta koʻchma koʻrgazmalar oʻtkaziladi.

Uchinchidan, 2022-yilda “Art-karvon” koʻchma koʻrgazmalar, “Milliy suvenirlar” festivali, “Muzeydagi tun”, “Open sky”, “Yulduzlar bilan muzeyga sayohat” kabi turli xil madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Toʻrtinchidan, 2022-yildan boshlab “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida madaniy meros va davlat muzey yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan 350 nafar mutaxassislarni “Madaniy boyliklarni nazorat qilish va badiiy ekspertizadan oʻtkazish”“Menejment”“Marketing”“Muzey fondini yuritish”“konservatsiya va restavratsiya”“Muzey ekspozitsiyasini yaratish va badiiy bezash” boʻyicha malakasi oshiriladi.

Beshinchidan, Har bir muzeyda “Museum shop”larida muzeyning oʻziga xos brend va savdo belgilari, noyob muzey ashyolari nusxalarini ishlab chiqiladi. Shuningdek, Har bir muzeyning veb sahifasida elektron “Museum shop”lari joriy etiladi.