MDH davlatlari Ilmiy va ijodiy ziyolilarining o'n oltinchi forumi doirasida Qirg'iziston davlat san'at va madaniyat instituti bilan O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti o'rtasida memorandum imzolandi.

– Maqsadimiz ulug' – madaniyati bir ildizga borib taqaladigan barcha turkiy davlatlar madaniyat va san'at yo'nalishidagi tajribalarini o'rganishdir, – dedi Qirg'iziston davlat san'at va madaniyat instituti rektori Tumenbay Koldoshov. – Oliygohlarimiz o'zbekistonlik talabalar uchun hamisha ochiqdir. Zero, mushtarak qadriyatlarimiz abadiy davom etajak.

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori Eldor Shermanov memorandumning maqsadi ta'lim sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatlari yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini tartibga solishdan iborat ekanini ta'kidladi.

Ushbu memorandum yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarning yana bir ko'rinishi bo'lib, yosh ijodkorlarning kelajakdagi faoliyatiga zamin yaratadi.