Prezidentimizning yaqinda Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi ayriça mazmun va mohiyatga ega böldi. Zero, taşrif davomida vohaning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltiriş, aholi turmuş farovonligini oşiriş, yangi iş örinlari yaratiş va mavjud muammolarga amaliy yeçim topiş bilan boğliq misli körilmagan istiqbolli rejalar va taşabbuslar ilgari surildi. Bu galgi taşrif mazmuni “Bilimga — rağbat, mehnatga — imkoniyat, taşabbusga — madad” şiorida böy körsatdi.

Bilimga — rağbat

Prezidentimiz ilgari surgan uşbu hayotiy tamoyil zamirida inson salohiyatini röyobga çiqariş, yigit-qizlarimizning bilim va kasb-hunar egallaşga intilişlarini qöllab-quvvatlaş ğoyasi mujassam böldi.

Bugungi kunda bilim va kasb-hunar nafaqat şaxsiy kamolot, balki iqtisodiy taraqqiyot, ijtimoiy barqarorlik va turmuş farovonligining ham muhim omilidir. Şuning uçun davlat siyosatida yoşlarga sifatli taʼlim beriş, zamonaviy texnologiyalarni özlaştiriş borasidagi intilişlarini rağbatlantiriş, özlaştirgan nazariy bilimlarini amaliy könikmalar bilan uyğunlaştiriş çoralariga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Davlatimiz rahbari ilğor kasbiy mahorat texnikumi va uning negizida taşkil etilgan “Kasblar şaharçasi” faoliyati bilan tanişarkan, yoşlarni kasb-hunarga örgatiş, bilim va malakasini oşiriş, zamonaviy mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar tayyorlaş masalalariga eʼtibor qaratdi. Qiymati 42 milliard söm bölgan mazkur texnikumda 10 ta yönaliş böyiça 417 yoş tahsil olayotgani, öquv jarayoniga Germaniya, Şveysariya, Buyuk Britaniya, Xitoy va Janubiy Koreyaning ilğor tajribalari tatbiq etilayotgani kasbiy taʼlimni xalqaro tajriba asosida taşkil etişga intilişlar intensiv tus olayotganini körsatib turibdi. Texnikumda yoşlarga nazariy bilim ulaşiş bilan çeklanmasdan, amaliy könikmalarni şakllantirişga ham ustuvor ahamiyat berilmoqda.

Bilimga rağbat berişning yana bir muhim yönalişi iqtidorli öquvçilarni qöllab-quvvatlaş bilan boğliq. Mamlakatimiz yetakçisi viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga bağiş­langan yiğilişda Qarşi şahridagi Prezident ­maktabi “Cambridge” imtihonlarida respublika böyiça yuqori natija qayd qilganini, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining “Zakovat” turnirida ğolib bölganini eʼtirof etdi. Kosonlik öquvçi Murodjon Halimovning SAT imtihonida maksimal 1600 ball töplaganini alohida qayd qilib ötdi. Şu munosabat bilan kelgusi yildan har bir tumanda bittadan maktabda aniq fanlarni çet tilda öqitişni yölga qöyiş, barça tumanlarda robototexnika tögaraklarini taşkil etiş vazifalari belgilab berildi. Qaşqadaryolik 500 yoşni nemis tiliga öqitib, Germaniyada haq tölanadigan amaliyotga yuboriş taşabbusi ilgari surildi.

Prezidentimiz Qarşi davlat universitetida taʼlim oliş va ilmiy tadqiqotlar qiliş uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Universitetning taʼlim salohiyati, xalqaro hamkorligi, zamonaviy ilmiy infratuzilmasi va talabalar uçun yaratilgan qulayliklarga eʼtibor qaratildi.

Ayni paytda Qarşi davlat universitetida bakalavriat va magistratura bosqiçlarida 14 mingdan ortiq talabaga 579 professor-öqituvçi tahsil bermoqda. Universitetda ingliz filologiyasi, matematika, amaliy matematika va fizika taʼlim yönaliş­lari xalqaro akkreditatsiyadan ötkazilgan. Rossiya va Belarus oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda 14 ta qöşma taʼlim dasturi işga tuşirildi. Keyingi yillarda tillar fakultetida ming örinli zamonaviy mediastudiya, şuningdek, xitoy, nemis, fransuz, ingliz va rus tillarini örganiş markazlari taşkil etildi. Xalqaro dasturlar doirasida sinxron tarjimonlar tayyorlaş yölga qöyildi. Oliygohda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirişga qaratilgan muhim qadamlardan biri yettita laboratoriyani birlaştirgan Xalqaro laboratoriyalar markazi taşkil etilgani böldi. Hozir markazda sunʼiy intellekt, maşinali öqitiş va robototexnika yönalişlarida ilmiy izlanişlar qilinmoqda. Universitetda talabalar uçun uçta yangi turar joy qurilib, 1300 dan ortiq qöşimça örin yaratildi. Natijada bu boradagi ehtiyoj töliq qoplandi.

Oliygoh hududida 240 örinli bolalar boğçasi, kutubxona, oşxonalar, yoşlar markazi va anjumanlar saroyi faoliyat yuritmoqda. Universitet huzurida “Loçin” futbol jamoasi taşkil etilib, uning maşğulotlari uçun zamonaviy sport maydoni qurilgan. Davlatimiz rahbari universitetdagi şaroitlar bilan tanişarkan, ularni zamonaviylaştirişga doir qimmatli ğoya va takliflarni ilgari surdi. Taşrif davomida kasbiy taʼlimni takomillaştiriş, iqtidorli yoşlarni rağbatlantiriş, zamonaviy fan va texnologiyalarni örganiş uçun yangi imkoniyatlar yaratiş böyiça belgilab berilgan vazifalar “Bilimga rağbat” tamoyilining amaliy ahamiyatini oçib berdi.

Mehnatga — imkoniyat

Uşbu hayotiy tamoyil zamirida voha ahlining halol mehnat orqali farovon hayotga erişişga bölgan saʼy-harakatlarini qöllab-quvvatlaş ğoyasi mujassam, desak ayni haqiqat. “Mehnatga — imkoniyat” tamoyili çuqur ijtimoiy-iqtisodiy mazmunga ega. Uning mohiyati şundaki, taraqqiyotga yuz tutayotgan har bir yurtda insonning halol mehnat qilişi, iqtidorini namoyon etişi, tadbirkorlik bilan şuğullanişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratilmoği lozim. Buning uçun iş örinlari sonini köpaytiriş bilan çeklanmasdan, aholining mehnat salohiyatidan samarali foydalaniş, mehnat natijalarini munosib qadrlaş ham taqozo etiladi. Bu borada davlatimiz rahbarining ­sanoat korxonalari, qişloq xöjaligi loyihalari va mahallalardagi bunyodkorlik işlari bilan ­tanişuvi alohida ahamiyatga ega böldi. Jumladan, Qarşi şahridagi “Sulton tex group” töqimaçilik klasteri fabrikasida 54 million dollarlik loyiha amalga oşirilib, yiliga 20 ming tonna mato işlab çiqariş va böyaş quvvatlari yölga qöyilgan, 840 ta iş örni yaratilgan. Korxonada suvning 95 foizdan ortiğini tozalab qayta işlatiş imkonini beruvçi tizim joriy etilgani iqtisodiy samaradorlikni ekologik masʼuliyat bilan uyğunlaştiriş mumkinligini körsatib turibdi.

Qaşqadaryoning mehnat va tadbirkorlik salohiya­tidan oqilona foydalanişda qişloq xöjaligi muhim örin tutadi. Viloyatning iqlim şaroiti, yer va suv resurslari, dehqonçilik hamda çorvaçilik anʼanalari yangi daromad manbalarini şakllantiriş uçun keng imkoniyatlar yaratadi. Davlatimiz rahbari viloyat qişloq xöjaligi sohasining özi qöşimça ravişda 200 ming kişini daromadli qilişi mumkinligini taʼkidladi. Buning uçun yaylovlardan samarali foydalaniş, çorvaçilik komplekslari taşkil etiş, yangi yer maydonlarini özlaştiriş va suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy qiliş kerakligi aytildi.

Imkoniyat yaratişda mahallalarning örni katta. Bu borada Qamaşi tumanidagi Çim mahallasi tajribasi alohida eʼtiborga loyiq. Mahallada ijtimoiy infratuzilma obyektlarini quriş, aholini iş bilan taʼminlaş evaziga kambağallikni bartaraf etiş borasida közga körinarli natijalarga erişilgan. Davlatimiz rahbari uşbu tajriba asosida kelgusi yilda har bir tumanda ikkitadan zamonaviy mahalla markazini taşkil etişni taklif qildi.

Prezidentimiz aholi bandligini taʼminlaşda turizm salohiyati alohida örin tutişini qayd etdi. Viloyatga yil boşidan buyon 2,5 milliondan ortiq sayyoh kelgani, jumladan, Ğelon qişloğiga taşrif buyurganlar soni 500 ming kişiga yetgani mazkur sohaning iqtisodiy imkoniyatlarini yorqin namoyon etib turibdi. Ğelonda toğ-çanği kurorti rivojlantirilişi, toğ qişloqlarida etnoturizm taşkil etilişi, Şahrisabz tumanida rafting va sport turizmi yölga qöyilişi mahalliy ­aholi uçun xizmat körsatiş, hunarmandlik, umumiy ovqatlaniş va mehmonxona biznesi sohalarida yangi iş örinlari yaratadi.

“Mehnatga — imkoniyat” tamoyili ahamiyati sanoatni rivojlantiriş, qişloq xöjaligini modernizatsiyalaş, turizm imkoniyatlarini kengaytiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va mahallalarda bandlikni taʼminlaş kabilarda namoyon böladi.

Taşabbusga — madad

Uşbu hayotiy tamoyil zamirida fuqarolar taşab­buslarini amaliy natijaga aylantiriş ğoya­si turibdi. Jamiyat taraqqiyotini taʼminlaşda taşab­buskorlikning ahamiyati beqiyosligini isbotlaşga hojat yöq. Zero, har qanday islohot muvaffaqiyati jamiyat aʼzolarining yangilikka intila olişi, öz ğoyalarini amaliy natijaga aylantirişi bilan belgilanadi. Şu nuqtai nazardan, Prezidentimizning Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida ilgari surgan “Taşabbusga — madad” tamoyili alohida ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega.

Uşbu tamoyilni hayotga tatbiq etiş uçun Qaşqadaryo viloyatida yetarli iqtisodiy va ijti­moiy salohiyat mavjud. Viloyatda sanoat, qişloq xöjaligi, xizmat körsatiş, turizm va hunarmand­lik sohalarida yangi ğoyalarni amalga oşiriş, mahalliy resurslardan samarali foydalaniş va aholi bandligini kengaytiriş imkoniyatlari katta. Biroq davlatimiz rahbari mulohazalaridan körinadiki, bu işlarni röyobga çiqariş uçun taşabbuskor fuqarolarni aniqlaş, ularning loyi­halarini puxta baholaş, zaruriy resurslar bilan taʼminlaş, taşabbuslarning natijadorligini muntazam kuzatib boriş talab etiladi.

Har qanday ijtimoiy ahamiyatga molik ilğor taşabbus moliyaviy va taşkiliy jihatdan keng qöllab-quvvatlanganidagina röyobga çiqadi. Şuning uçun tadbirkorlarga kredit ajratişda ularning pul oqimi va aniq buyurtmalarini hisobga oliş, ortiqça hujjatbozlikni qisqartiriş zarurligi alohida taʼkidlandi.

Şuningdek, hududlarni rejali rivojlantiriş, aholi uçun zamonaviy yaşaş muhitini yaratiş va ekologik barqarorlikni taʼminlaş taşabbus­lariga eʼtibor qaratildi. Qarşi şahri, Kökdala va Qarşi tumanlari çegarasida 500 ming aholiga möljallangan Yangi Qarşi şahrini barpo etiş, yangi hududlarni “yaşil” va “aqlli” şahar tamo­yillari asosida rivojlantiriş rejalari şular jumlasidandir. Mahallalarda yaşil hududlarni köpaytiriş, köçat ekiş va har yili Navröz arafasida “Eng yaşil mahalla” tanlovini ötkaziş taşabbuslari esa aholining ekologik madaniyatini oşiriş hamda jamoaviy masʼuliyatini kuçaytirişga xizmat qiladi. Bu taşabbuslar fuqarolarni islohotlarning faqat kuzatuvçisiga emas, balki bevosita iştirokçisiga aylantiradi.

Prezidentimizning Qaşqadaryoga taşrifi nafaqat kelgusidagi vazifalarni belgilab oliş imkonini berdi, balki aholini ruhlantiruvçi, kayfiyatini kötaruvçi, kelajakka işonçini oşiruvçi omil bölib xizmat qildi. Taşrif davomida voha iqtisodiy imkoniyatlarini aholi ehtiyoj­lari bilan uyğunlaştirişga urğu berildi. Bunday yondaşuv odamlarda öz muammolari eʼtibordan ­çetda qolmayotgani, turmuşini farovonlaştiriş masa­lasiga ustuvor vazifa sifatida ­qaralayotgani haqidagi tasavvurni kuçaytirdi. Ayni paytda voha ahli kayfiyati va kelajakka işonçining mus­tahkamlanişi taşrifning özi bilangina emas, balki belgilangan vazifalarning qadr-qimmati va kölami bilan ham boğliq böldi.

Uçraşuv çoğida viloyat aholisi, tadbirkorlar, yoşlar va taʼlim muassasalari vakillarining umid­lari, taşabbuslariga alohida eʼtibor qaratildi. Bu esa kişilarni öz ğoyalarini amalga oşiriş, voha rivojiga munosib hissa qöşiş sari ruhlantirdi. Ayniqsa, iqtidorli yoşlar yutuqlari eʼtirof etilişi, ularning bilim olişi va kasbiy rivojlanişi uçun yangi imkoniyatlar taqdim etilişi voha yigit va qizlarining qaddini kötardi, kelajakka işonçini yuksaltirdi.

Sanjar ÇORIYEV,

Qarşi davlat universiteti professori