Bu haqida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligining Yagona elektron platformasini yaratish bo'yicha Kontsepsiya loyihasini kelishish bo'yicha ekspertlar guruhi bilan o'tkazilgan videokonferentsiya shaklidagi birinchi yig'ilishda muhokama qilindi.

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi xabariga ko'ra, tadbir MDH Ijroiya qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari ekspertlari bilan bir qatorda Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston Respublikalari, Rossiya Federatsiyasi, shuningdek MDH Ijroiya qo'mitasi va tarmoq hamkorligi organlarining vakolatli vakillari va ekspertlari ishtirok etdi.

Tomonlar Konseptsiya loyihasini qo'llab-quvvatladi va o'zaro huquqiy yordam ko'rsatish sohasida elektron hujjatlar almashinuvini amalga oshirish imkonini beradigan huquqiy axborot almashish uchun MDH Yagona elektron platformasi o'z vaqtida yaratilayotgani va maqsadga muvofiqligiga doir fikrda yakdil.

Yig'ilish yakunlari bo'yicha tomonlar ekspert guruhining keyingi yig'ilishida Kontseptsiya loyihasini muhokama qilish borasidagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.

eslatib o'tamiz, 2020-yilning 18-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan MDH Davlat rahbarlari Sammiti davomida o'zaro huquqiy yordam ko'rsatish sohasida koordinatsiyani kuchaytirish va huquqiy axborot almashish uchun Yagona elektron platformani yaratish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Davlatimiz rahbarining mazkur tashabbusini amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan aloqador vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda axborot almashish uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligining Yagona elektron platformasini yaratish bo'yicha Konseptsiya loyihasi tayyorlanib, yanada takomillashtirish uchun MDH Ijroiya qo'mitasiga yuborildi.