Mustaqillik bayrami kunlari aviachiptalarga chegirmalar boʻladi

    Milliy aviatashuvchining maʼlum qilishicha, chegirmalar 1-sentyabrdan 3-sentyabrgacha amal qiladi.

    Oʻzbekiston davlat mustaqillikligining oʻttiz ikki yillik bayrami munosabati bilan “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasi barcha ichki yoʻnalishlar boʻyicha tariflar narxiga 50 foiz chegirma taqdim etadi.

    Milliy aviatashuvchining maʼlum qilishicha, chegirmalar 1-sentyabrdan 3-sentyabrgacha amal qiladi.

    Shuni ham aytioʻsh kerakki, imtiyozlar Let L-410 tomonidan amalga oshiriladigan havo qatnovlariga tatbiq etilmaydi.

    “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi yangi yil sovgʻasi sifatida 2022-yil 31-dekabrdan 2023-yil 10-yanvargacha boʻlgan xarid davrida ham yoʻlovchilarga barcha yoʻnalishlarda 10 foizlik chegirma taqdim etgan edi.