Mazkur filmlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 20-may kuni Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida yaratilgan.

Bayram tuhfasi sifatida taqdim etilayotgan “Alisher Navoiy”, “Zahiriddin Muhammad Bobur”, “Ogahiy”, “Berdaq”, “Mahmudxoʻja Behbudiy”, “Toʻlepbergan Qayipbergenov”, “Abdulla Avloniy”, “Ibroyim Yusupov”, “Abdulla Qahhor”, “Abdulhamid Choʻlpon”, “Maqsud Shayxzoda”, “Gʻafur Gʻulom”, “Hamid Olimjon va Zulfiya”, “Muhammad Yusuf”, “Erkin Vohidov”, “Abdulla Oripov” kabi hujjatli filmlari ilk bor televideniye orqali namoyish etiladi.

Oʻzbekiston kinematografiya agentligining qayd etishicha, ushbu aksiya Kinematografiya agentligi tomonidan tashkil etilgan kino-oyligi doirasida boʻlib oʻtmoqda.