Xususan, bayram kunlari Buxoroga 223 ming so‘mga, Namangan yoki Farg‘onaga 131 ming so‘mga, Samarqandga 157 ming so‘mga yetib olish mumkin bo‘ladi.
Siz aviachiptalarni www.silk-avia.com rasmiy veb-saytida, +998 (55) 501-22-12 aloqa markazi operatorlari orqali, xalqaro aeroportlar kassalarida va iOS hamda Android platformalari uchun mavjud ilova orqali arzon narxlarda xarid qilishingiz va tariflar bilan tanishishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, "Silk Avia"da uchta tarif mavjud. ODDIY tarifida faqat 5 kg qo‘l yuki taqdim etiladi — yuklar maxsus o‘lchamga mos kelishi kerak — 40 sm x 30 sm x 20 sm. OSON tarifida ham chiptalar qaytarilmaydi, lekin qayta bron qilish va 10 kg gacha qo‘shimcha bagaj olish imkoniyati mavjud. OMAD tarifiga 20 kg gacha yuk, qayta bron qilish va chiptani qaytarish kiradi.