“Men Mustaqillik tengdoshiman. Oʻz kasbimni juda yaxshi koʻraman, ertalabdan yaxshi kayfiyatda Yangiyer shahar Davlat xizmatlari markazi sari oshiqaman. Eng zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonida odamlarga foydam tegayotganidan, ona xalqimga xizmat qilayotganimdan faxr tuygʻusini his qilaman.

Joriy yilning oʻtgan davrida aholi va tadbirkorlik subyektlariga 5 635 ta davlat xizmatlari koʻrsatdim. Har bir xizmat oluvchidan minnatdorchilik soʻzlarini eshitganimda qalbimdagi faxr hissi yana-da ortadi”. DXA Sirdaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.