Qishloq xoʻjaligi vazirligi va hokimliklarga yana qoʻshimcha 50 ming gektar yer topish, ular negizida 200 ming oilani daromadli qilib, kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish topshirildi.

Soʻx, Baxmal, Pop, Ohangaron tumanlarida sanoatlashgan “in-vitro” bogʻlar yaratish tajribasini butun respublikaga yoyish zarurligi qayd etildi.

Bunda, “ipoteka bogʻlari” yaratilib, hosilga kirganidan keyin odamlarga 5-yilda boʻlib toʻlash sharti bilan lizingga beriladi.

Bogʻ yarataman, degan tadbirkorga yerni arzon krediti va tayyor loyihasi bilan birga beradigan tizim boʻladi.

Ushbu tizimni yoʻlga qoʻyib, shu yilni oʻzida 14 ming, kelgusi yil 29 ming gektarda mana shunday bogʻ va tokzorlar tashkil qilish vazifasi qoʻyildi.