баннер
24 Apr 2025
20:10

    Muxtorxon Tashxodjayev  Osiyo paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi

    Sport 30 Noyabr 2021 2015

    30-noyabr – 1-dekabr kunlari zoom platformasi orqali Osiyo paralimpiya qoʻmitasining Bosh assambleyasi oʻtkazilmoqda.

    Assambleyada qitʼamizning 45 Mamlakatidan Paralimpiya qoʻmitalari rahbarlari ishtirok etishmoqda.

    Quvonarlisi, Assambleyaning bugungi ish kunida Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev delegatsiya aʼzolari tomonidan bir ovozdan Osiyo paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.

    Shu tariqa, Oʻzbekiston vakili ilk marotaba Osiyo paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi

    Telegram kanalimiz
    Text to speech