Davlat rahbarlari huzurida qator muhim ikki tomonlama hujjat va bitimlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Shu jumladan:

– 2024-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;

– Mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron tizimlarini qoʻllash toʻgʻrisida bitim;

– Raqobatni rivojlantirish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Ilm-fan va ishlab chiqarishda hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Toshkent va Minsk shaharlari oʻrtasida birodarlik munosabatlarini oʻrnatish va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida bitim;

– Energetika sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

– Intellektual mulk sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

– 2024-2025-yillarda sport sohasida hamkorlik dasturi;

– 2024-2025-yillarda madaniyat va sanʼat sohasida hamkorlik dasturi;

– 2024-2025-yillarda maktabgacha taʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlik dasturi;

– 2024-2025-yillarda taʼlim sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xarita”si;

– 2024-2026-yillarda agrosanoat majmuida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xarita”si;

– Oʻsimliklar karantini sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar rejasi;

– 2024-2025-yillarda turizm sohasida hamkorlik boʻyicha chora-tadbirlar rejasi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi hududlari delegatsiyalarining oʻzaro tashriflari reja-jadvali imzolandi.