баннер
1 Apr 2025
09:45

    My.gov.uz portali orqali 25 turdagi elektron tibbiy xizmatlardan foydalanish mumkin

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali(my.gov.uz)dan aholi va tadbirkorlar uchun moʻljallangan 25 turdagi elektron tibbiy xizmat ham joy olgan.

    Mazkur xizmatlardan uydan chiqmay turib foydalansa boʻladi. Buning uchun internetga ulangan qurilma boʻlsa, kifoya.

    Ular quyidagilardan iborat:

    1. COVID-19 ga qarshi emlashga yozilish va holatini tekshirish

    2. Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiya qilish

    3. Tana vazni va ogʻirligi kalkulyatori

    4. Bolalarning emlanish taqvimi

    5. 40 yoshdan keyingi yurak qon-tomir tizimi kasalliklarining xavfini baholash nomogrammasi

    6. Oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda davlat tomonidan bepul beriladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari toʻgʻrisida maʼlumot

    7. Aholini profilaktik koʻriklar va skrining dasturlaridan oʻtkazish taqvimi

    8. Sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash salomatlik koʻrsatkichlari haqida maʼlumot olish

    9. Fuqaroga biriktirilgan oilaviy shifoxona shifokori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishish

    10. Tibbiyot muassasalarida davolanish uchun berilgan imtiyozli yoʻllanma holatini tekshirish

    11. Shifokor qabuliga yozilish

    12. Ijtimoiy taʼtillar (homiladorlik va tugʻish taʼtillari, bolani parvarishlash taʼtillari)ga chiqishni rasmiylashtirish

    13. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotlarni olish

    14. Profilaktik emlanganlik holatini tekshirish

    15. Qandli diabet skriningini olish

    16. Antropometriya skriningini olish

    17. Ftiziatriya kasalliklari hisobida turish yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumot olish

    18. Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish (soddalashtirilgan tartibda)

    19. Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish (soddalashtirilgan tartibda)

    20. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish.

    21. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga berilgan avvalgi attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni tekshirish va yuklash

    22. Tibbiy maʼlumotnomalarni olish (083/h shakldagi)

    23. Yurak-qon tomir kasalliklari skriningi natijalarini olish

    24. Tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlarining sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi shartlariga muvofiqligi maʼlumotlari bilan tanishish

    25. Qon tahlil natijalarini tekshirish.

    26. Tegishliliga koʻra jismoniy va yuridik shaxslarga moʻljallangan ushbu xizmatlar my.gov.uz portalining “Sogʻliqni saqlash boʻlimi”dan joy olgan.

    27. Ulardan foydalanish uchun ariza beruvchi portalda roʻyxatdan va/yoki avtorizatsiyadan oʻtishi hamda soʻrov yuborishi talab etiladi. Arizalar avtomatik tarzda koʻrib chiqilib, maʼlumotlar elektron formatda taqdim etiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech