Shahrixon kasb-hunarga oʻqitish markazida “Nafosat” festivali doirasida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Shahrixon tuman mahalla fuqarolar yigʻinlaridan tadbirkor, hunarmand ayollar tomonidan yaratilgan milliy hunarmandchilik namunalari, Shahrixon kasb-hunarga oʻqitish markazi talabalari tomonidan oʻquv amaliyot mashgʻulotlari jarayonlarida tayyorlangan buyumlar, milliy liboslar namoyish etildi.
Festival doirasidagi tadbirlar Baliqchi tumanida ham davom ettirildi. Unda aholi va yoshlar oʻrtasida kiyinish madaniyati targʻibotini tashkil etishga qaratilgan mazkur Festivalning maqsad va vazifalari xususida soʻz yuritildi.
Shuningdek, “Yoshlar modasi, anʼanalar va zamonaviy yoʻnalishlar” mavzusida soʻrovnoma hamda “Ayollar va yoshlar orasida kiyinish madaniyati” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.