Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Zoʻr TV” telekanali bilan hamkorlikda “Najotkorlar” milliy seriali ikkinchi mavsumining suratga olish ishlari boshlandi, deya xabar beradi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.
Mazkur serial tibbiyot sohasi xodimlariga bagʻishlangan boʻlib, unda tez tibbiy yordam mutaxassislarining mashaqqatli mehnati, “koronavirus” va turli infeksion kasalliklarga chalingan bemorlar, ularning sogʻayish jarayonlari haqida hikoya qilinadi.
Ssenariy muallifi Uchqun Oʻsarov, postanovkachi rejissyor Oybek Karimov, postanovkachi operator Ahror Olimjonov, montaj ustasi Davron Tojiboyev, ovoz rejissyori Yunus Asqarov, operator Mirjalol Ataxoʻjayev, kostyumer Feruza Nurxoʻjayeva, gafer Omon Joʻrayev.