Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.
Shu yilning 28-iyul kuni Namangan viloyatida Madaniyat vaziri Vazir Ozodbek Nazarbekov tomonidan viloyatning Davlatobod, Yangi Namangan, Mingbuloq, Norin, Namangan, Toʻraqoʻrgʻon tumanlarining madaniyat boʻlimlari masʼullariga “Damas” rusumli avtotransport vositalarining kalitlari tantanali topshirildi.
Viloyatda Prezidentning 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 112 sonli Qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida, respublikadagi barcha hududlarga bosqichma-bosqich jarayon amalga oshirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz: 2023-yilda viloyatning 8 ta (Pop, Chust, Kosonsoy, Chortoq, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Namangan shahar, Yangiqoʻrgʻon) tumanlarida faoliyat yuritayotgan madaniyat boʻlimlariga “Damas” rusumli avtotransport vositalari topshirilgan edi.