Namangan xalqaro aeroportida qalin tuman tufayli koʻrinishning yomonlashishi (100 m) samolyotlarni qabul qilish va joʻnatishni vaqtincha cheklab qoʻydi.
Xususan, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY074/073 (Buxoro — Namangan — Buxoro) reysi bekor qilindi. HY9826/9823 (Sochi — Namangan — Krasnoyarsk) va HY9824/9857 (Krasnoyarsk — Namangan — Ufa) reyslari uchish vaqti oʻzgartirildi.
“S7”aviakompaniyasining Novosibirsk — Namangan — Novosibirsk yoʻnalishidagi SBI5567/5568reysi ham bekor qilindi. Parvoz Toshkent xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi.
Parvozlar jadvalidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni aviatashuvchilardan olish mumkin.