Namangan “Karting poygasi” boʻyicha Xalqaro musobaqaga tayyor

    Sport 5 Oktabr 2020 1297

    Namanganda xalqaro jahon standartlari talablariga javob beradigan uch konfiguratsiyali (uch yoʻnalishli) kartadrom barpo etildi.

    Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi tomonidan sportning texnik va amaliy turlarini yana-da rivojlantirish maqsadida, Uchqoʻrgʻon tumanida loyiha asosida oʻq otish tiri, hakamlar, tibbiyot xodimlari, oʻgʻil va qiz bolalar uchun kiyinish hamda yuvinish xonalari, kartinglar taʼmirlash xonasi, 10 ta xonadan iborat kartinglar uchun (naves) bokslar, 240 oʻrinli tomoshabinlar uchun joy qurilish ishlari bajarildi.

    Viloyatda sport turizmini rivojlantirish, viloyatimiz sportchilarini respublika va xalqaro sport musobaqalarida faol ishtirokini taʼminlash va yetakchi sportchilar bilan tajriba almashish uchun mazkur sport majmuasida xalqaro talablarga javob beradigan umumiy uzunligi 1 050 metr boʻlgan uch yoʻnalishli (1-yoʻnalish 831 metr), (2-yoʻnalish 825 metr), (3- yoʻnalish 855 metr) li yangi zamonaviy “Kartodrom” barpo etildi. Ushbu zamonaviy va xalqaro Kartadrom — sportchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi boʻyicha Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi.

    Hozirda viloyat, Respublika va Xalqaro darajadagi sport musobaqalarini sifatli va tizimli oʻtkazishini taʼminlash maqsadida, “Karting poygasi” boʻyicha Namangan viloyati xokimi Kubogi uchun Xalqaro musobaqa oʻtkazilishi rejalashtiryapti, deb xabar beradi Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati.