Zamonaviy ko‘rinishdagi mazkur markaz binosida kasblarga qayta o‘qitish bo‘yicha barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Jumladan, markaz zamonaviy kompyuter jihozlari, internet tarmog‘i bilan ta'minlangan. 

Bugungi ochilish marosimi davomida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham tashkil etilib, unda 300dan ortiq korxona-tashkilotlar tomonidan 3500dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.