Viloyat markazining Nodira ko'chasidagi «Infinbank» Namangan filiali oqova suv quvuri yuzakiligi, qolaversa, yomg'ir suvining oqova bilan qo'shilishi «Baynalmilal» mahallasidagi bir hovliga jiddiy shikast etkazdi. Ikki qavatli uy poydevorining bir tomoni cho'kkan. Tezkor chora ko'rilmasa, o'pirilish holati ro'y berishi mumkin.
Zudlik bilan voqea hududiga borgan Namangan shahar hokimi G'ofurjon Jamolov va ishchi guruhi bu oila a'zolarini boshqa xavfsiz manzilga joylashtirish, binoni buzish fikrida to'xtashdi.
Hokim tavsiyasi bilan xonadondagilar shahardagi «Orzu» mehmonxonasiga ko'chirildi. Yog'in-sochinli kunlar o'tgach, hovlida yangi turar-joy qad rostlaydi.