Buning evaziga “S.” MCHJ yuristi Yu.O. (sobiq DSI xodimi) orqali tadbirkor M.A.dan 2 000 AQSH dollari pora talab qiladi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda talab qilingan pullarni Yu.O. olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.

Mazkur holat yuzasidan J.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan va Yu.O.ga nisbatan 28, 210-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.