Namangan shahrida «Kambagʻallikdan farovonlik sari« III xalqaro forumi oʻz ishini boshlaydi

    Siyosat 17 Sentabr 2025 690

    Bugun Namangan shahrida kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha «Kambagʻallikdan farovonlik sari« III xalqaro forumi oʻz ishini boshlaydi.

    Uning ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi va nutq soʻzlaydi.

    Forum doirasida davlatimiz rahbari Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad al-Jassir, Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yang, Jahon banki global direktori Luis Felipe Lopes-Kalva bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.