Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi, DXX hamda Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda “Toshkent-Namangan” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtomashina toʻxtatilib koʻzdan kechirildi.

Avtomashina yoʻlovchisi S.B. har biri 100 AQSH dollarlik qalbaki 30 000 AQSH dollarini Namangan shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelgani aniqlanib, ushbu qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.