Mironshoh Inomjonov Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablari o'quvchilari kabi o'z hujjatlarini dunyoning etakchi universitetlariga yubordi.
Yuqorida aytib o'tilgan ikki universitetdan tashqari, Mironshoh Inomjonov G'arbiy London Universiteti, London Janubiy Bank universiteti, Manchester universitetiga ham hujjat topshirdi. Hozirda u mazkur universitetlarning qarorlarini kutmoqda.
Shuni qayd etish kerakki, ushbu universitetlar dunyoning etakchi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga kiradi. Misol uchun, Manchester Universiteti dunyodagi oliy ta'lim muassasalari reyingida 27-o'rindan joy olgan. Bundan tashqari, 25 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari mazkur universitet bilan bog'liqdir.
— Buyuk Britaniyaning etakchi universitetlari tomonidan qabul qilinganimdan mamnunman, lekin men dunyoning boshqa etakchi universitetlariga hujjat topshirishni davom ettirishni rejalashtirganman. Hamma oliy ta'lim muassasalaridan javob olganimdan keyin yakuniy qarorni qabul qilmoqchiman. Menga tayyorgarlik ko'rishda yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildiraman, dedi Mironshoh.