Namangan temiryoʻl vokzalidan Toshkentga muntazam qatnov yoʻlga qoʻyildi

    Transport 13 Dekabr 2023 740

    Qish kunlarida yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri va respublikaning boshqa hududlariga poyezd qatnovini Namangan shahridagi temiryoʻl vokzalidan yoʻlga qoʻyildi.

    Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, haftaning dushanba, seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari Namangan vokzalidan Toshkentga joʻnash mumkin.

    Toshkentdan Namangan shahriga keluvchilar uchun dushanba, seshanba, payshanba va juma kunlari qatnov mavjud.

    Bu yoʻnalishni yoʻlga qoʻyilgani noqulay ob-havo sharoitida yoʻlovchilarning Pop tumaniga borish va kelish, Qamchiq dovonidagi mashaqqatlardan qutqaradi.