Kuni kecha sektor rahbarlari ishtirokida Namangan tumanidagi Tepaqoʻrgʻon, Bogʻ koʻcha, Olahamak, Oʻlmas, Chagʻir, Qoratepa, Nurtepa, Nogʻayqoʻrgʻon, Xonobod, Qumqoʻrgʻon, Gʻayrat, Shoʻrqoʻrgʻon, Koʻlboʻyi, Past qiyot, Tepa qiyot, Farovon va Mirishkor MFY hududlarida joylashgan fermer xoʻjaliklaridagi 82,4 gektar yer maydonidan 398 nafar ishsiz yoshga yigirma sotixdan yer ajratib berildi va maxsus sertifikat topshirildi.
Bu maydonlarda har xil turdagi serdaromad hamda xalqimiz isteʼmoli uchun kerakli boʻlgan sabzavot va dukkakli mahsulotlar yetishtirib, oilalari iqtisodiga oʻz hissalarini qoʻshishadi.
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimidan tayinlangan mutaxassis yosh dehqonlar ishini kuzatib, amaliy yordam va maslahat berib boradi.