Jumladan, Namangan shahrida 4-5 yulduzli mehmonxonalar, zamonaviy savdo markazlari (shopping mall), turar-joy komplekslari, restoran, maktab, bogʻcha, poliklinika va zamonaviy gʻisht zavodi hamda Chust tumanida 2 000 gektar yer maydonida “Gilos plantatsiya, uni qadoqlash va logistika xizmati”ni tashkil etish boʻyicha loyiha takliflari berildi.

Shuningdek, istiqbolda Namanganda xorijiy kapital ishtirokidagi bank tashkil etish va charm-poyabzal ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshimcha loyiha amalga oshirilishi kutilyapti, — dedi asosiy ulushdor investor Chen Xingfu.

Muloqot davomida mazkur loyihani amalga oshirishni yana-da jadallashtirish, qishloq xoʻjaligi, xususan, gilos yetishtirish borasidagi yangi loyihalarda birgalikda ish olib borilishi, Xitoyning Shandun provinsiyasi bilan Namangan viloyati oʻrtasida birodar viloyatlar munosabatlarini oʻrnatish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi, deb xabar beradi Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati.