Maʼlum boʻlishicha, 7-oktyabr kuni soat 12:50 chamasida davlat raqami 50 010 DAV, Toyota Land Cruiser rusumli Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovning xizmat avtomobili Namangan—Uychi—Uchqoʻrgʻon yoʻlining 8 kilometrida YTHga uchragan. Baxtiz hodisa tufayli yoʻlni kesib oʻtayotgan, 2017-yilda tugʻilgan fuqaroni urib yuborgan.

Yoʻlovchi zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Toʻliq tibbiy tekshiruv oʻtkazilgan, jiddiy shikastlanish aniqlanmagan, faqatgina yuz sohasida shilinish boʻlgan, tez tibbiy yordam koʻrsatilgan. Qoʻshimcha davolanish talab etilmaydi.

Hozirda yoʻlovchining ahvoli yaxshi va oʻzining uyida odatdagi hayotiy faoliyatini davom ettirmoqda. Yoʻl-transport hodisasi boʻyicha barcha hujjatlar IIB tomonidan rasmiylashtirilgan.