Hokimlar Prezident tanqid qilgan mazkur mahalla hududida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
Maʼlumot oʻrnida, “Yangi zamin” koʻchasiga hozirgi kunda suv quvurlari toʻliq tortilib, yoʻllarni asfaltlashga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

- Biz odamlarni rozi qilishimiz shart, ular qachon rozi boʻladi, qachonki xonadoni tinch boʻlsa, xonadoni qachon tinch boʻladi, qachonki barcha qulayliklarga ega boʻlsa, ish joyi boʻlsa, ana shunda odamlar bizdan rozi boʻladi, - dedi Shavkatjon Abdurazzoqov.
Hududni kuzatish davomida viloyat va shaharning 1-sektor rahbarlari umumxalq hashariga oʻz hissalarini qoʻshish uchun manzarali koʻchatlar oʻtqazishdi.
Umumxalq xayriya hashari uyushqoqlikda davom etmoqda, deya maʼlumot bermoqda Namangan shahar hokimligi axborot xizmati.