Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan bittadan folklor jamoalari ishtirok etishadi.

Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi“Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar togʻrisida” qarori ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbek xalqining oʻziga hos folklor sanʼatini, shu jumladan, ogʻzaki, sheʼriy, ijodiy, xalq dostonlari, hunarmandchilik, milliy liboslar va xalq oʻyinlari, qadimiy urf-odatlarini saqlab qolish hamda ularni keng targʻib qilish maqsadida tashkil etilmoqda, deya xabar beradi madaniyat vazirligi axborot xizmati.