Prezidentimiz shu yil 18-19-fevral kunlari viloyatimizga tashriflari chogʻida bu yerda boʻlib, shart-sharoit bilan yaqindan tanishgan, bu yerda istiqomat qilayotgan nuroniylar, turli millat vakillari bilan suhbat asnosida ular hech qachon eʼtirborsiz qoldirilmasligi, hamisha davlat va hukumat gʻamxoʻrligi ostida boʻlishini taʼkidlab, tez kunlarda “Sahovat” uyi uchun yangi, zamonaviy majmua qurib berilishini vaʼda qilgan edilar.

Oʻtgan qisqa vaqt mobaynida davlatimiz rahbarining tegishli tavsiya va amaliy koʻmaklari asosida ushbu maskan tubdan yangi barpo etildi. Mavjud maʼmuriyat binosi, yotoq korpusida ichki pardozlash ishlari amalga oshirildi, elektr, santexnika, isitish tarmoqlari yangilandi. Yangi 3 qavatli yotoq korpusi va boshqa xoʻjalik inshootlari qurib bitkazildi. Qisqacha aytganda loyixa qiymati 18,3 mlrd. soʻm boʻlgan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Yangi “Saxovat” internat uyida maʼmuriyat binosida muassasaga murojaat qilgan fuqarolarni qabul qilish uchun zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan aloxida qabulxonalar mavjud.

Yashovchilar uchun 4 ta kottej qurilgan boʻlib, har bir yashovchiga aloxida xonalar tashkil etilgan, har bir inson farovon yashashi uchun zarur boʻlgan barcha qulayliklar (televizor, muzlatgich, dush, unitaz) yaratildi. Har bir kottejda muolaja xonasi, fizioterapiya xonalari bor. Bundan tashqari yashovchilarni sogʻliklarini tiklashda trenajyor zallari, suv havzasi, 120 oʻringa moʻljallangan zamonaviy oshxona va yashovchilar boʻsh vaqtlarida koʻngilli hordiq chiqarishlari uchun dam olish zallari tashkil etilgan.

Ushbu “Saxovat uyi”ga prezident sovgʻasi avtobus ham topshirildi.