Viloyat adliya va soliq boshqarmalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda buxgalteriya sohasidagi yangiliklar muhokama qilindi.

— Fondning samarali faoliyati koʻp jihatdan hisobchilarning malakasiga bogʻliq, — deydi fond respublika boshqaruvi raisi D.Usmanov. — Shu boisdan ham hisobchi va iqtisodchilarimizning bilim-tajribasini oshirishga alohida eʼtibor qaratyapmiz.

Bugungi tadbirda ham raqamli iqtisodiyotda buxgalteriya hisobi va hisobotlarini zamonaviy dasturlar asosida yuritishning ahamiyati xaqida soʻz yuritildi. Qizgʻin bahs-munozaralar ruhida oʻtgan oʻquv-seminar buxgalterlarning keyingi faoliyatida asqotadi, degan umiddamiz.

Ikki kun davom etgan oʻquv-seminarda soliq tizimidagi yangiliklar toʻgʻrisidagi savol-javoblarga keng oʻrin ajratildi.

“Mahalla” fondi

matbuot xizmati