Unda shu kuni yashash uyi darvoza eshigi ochiq qolganligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, yotoqxonasidagi javon ustida boʻlgan narxi 13.000.000 soʻmlik tilla taqinchoqlarini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan.

Qoʻl barmoq izlari viloyat IIB EKB shaxsni identifikatsiya qilish tizimida tekshirilganida, ushbu izlar, Namangan shahrida yashovchi, 1998-yilda tugʻilgan ayolga tegishli ekanligi aniqlangan. Surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu ayol sodir etgani oʻz tasdigʻini topgan.

Ushbu holat boʻyicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻz.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat qoʻzgʻatilgan.