Quvonarlisi, Namangan shahri, Pop, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Norin, Yangiqoʻrgʻon, Namangan, Toʻraqoʻrgʻon va Chust tuman OʻSTKlari hamda viloyat texnik va amaliy sport turlari markazida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan tanishgan ishchi guruhni erishilayotgan natijalar mamnun etdi. Oʻz navbatida, amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab berildi.

Oʻrganishlar davomida Markaziy kengash raisi Husan Botirov tashkilot rahbarlari va ishchi-xodimlar, sport murabbiylari, sportchilar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Ularning tashkilot faoliyatini yana-da rivojlantirish borasidagi fikr-mulohazalarini tingladi, zarur tavsiyalarni berdi.
Samimiy uchrashuvlar tantanali tadbirlarga ulandi. Jumladan, Kengash raisi Pop tuman oʻquv sport texnika klubining kadrlar boʻyicha inspektori M. Maqsudovani tavallud kuni bilan tabriklab, unga esdalik sovgʻasini topshirdi.
Uchqoʻrgʻon va Namangan tuman OʻSTKlardagi yosh umidli sportchilar ham esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Ayniqsa, Norin tuman OʻSTKda faoliyat yuritib kelayotgan avtomobilni amaliy boshqarish boʻyicha oʻrgatuvchi usta – Muqaddamxon Sultonovaga yangi avtomobil – “Nexia-3” (RAVON R3) oʻquv avtomobilining tantanali tarzda topshirilishi barchaning qalbiga bayramona kayfiyat ulashdi.
Sanjarbek HAMIDOV.