Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining bildirishicha, oʻzgarish sezilmaganidan soʻng bola 16-dekabr kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialiga olib kelingan.
Bu yerda koʻrsatilgan tibbiy choralarga qaramay, 2022-yil 21-dekabr kuni bemor vafot etgan. U pnevmoniyaning ogʻir formasi, hazm faoliyatining funksional buzilishi, dispeptik holat hamda gipovolemiya ogʻir darajasi tashxislari bilan davolangan.
Respublika boʻylab “Dok-1 Maks” dori vositasining salbiy taʼsiri boʻyicha muammolar kelib chiqishi boshlaganidan keyin soʻrab oʻrganilganda, onasining soʻzidan bolaga uy sharoitida “Dok-1 Maks” preparati berilganligi maʼlum boʻlgan.