Eslatib oʻtamiz, shu yil 24-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Ichki ishlar tizimida Ekologiya politsiyasi tashkil qilinishi belgilangan edi. Ekopolitsiyaning asosiy vazifasi sifatida hududiy ekologiya organlari bilan hamkorlikda ekologik qonun buzilishlarga qarshi kurashish, reyd tadbirlarini oʻtkazish nazarda tutilgan, deb xabar beradi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi maʼlumotiga tayanib.
Ekologiya politsiyasi zimmasiga ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonyerlik, noqonuniy chiqindilar tashlash kabi holatlarga qarshi profilaktika tadbirlarini amalga oshirishi vazifalari yuklatilgan.