Tantanali marosimda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Namangan viloyat xokimi, Viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov va viloyat sporti mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar bugungi kunda O'zbekiston futbolini yangi bosqichga olib chiqish uchun amalga oshirilayotgan ishlarni alohida e'tirof etishdi.
Mamlakatimiz futbolining har bir davrida Namanganning o'ziga xos iqtidorli futbolchilari mavjud bo'lgan. Ular turli yoshdagi terma jamoalardan tortib, milliy terma jamoamiz safida o'nlab uchrashuvlarda o'z mahoratlarini namoyish etishgan. Bugun foydalanishga topshirilgan futbol mahorati maktabidan ham kelajakda ko'plab “millionlar o'yini” yulduzlari etishib chiqishi tilakdoshimiz.

Ma'lumot uchun, Namangan viloyati 1-sonli futbol mahorati maktabi qurilish ishlariga 5,5 mlrd so'm sarflangan bo'lib, har bir yosh toifasidagi jamoalarning muntazam ravishda mashg'ulotlar olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.
Tadbir davomida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Namangan viloyati Hokimi Xayrullo Bozorovni viloyat sporti rivojida yo'lidagi xizmatlari uchun “Jismoniy tarbiya va sport a'lochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati