Namangan shahar, Davlatobod tumanida yashovchi fuqaro Namangan viloyati IIB boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qildi. 

Taʼkidlanishicha, uning Davlatobod tumani, “Yuksalish” MFY hududida umumiy maydoni 50 sotixdan iborat boʻlgan ekin yer maydoni mavjud boʻlib, ushbu yer maydonining 30 sotix qismida “issiqxona” tashkil etib, foydalanib kelgan. 

2023-yilning fevral oyi boshlarida yer maydonining qolgan 20 sotix qismida xam issiqxona tashkil etish maqsadida qurilish ishlarini boshlamoqchi boʻlgan vaqtida “issiqxona”siga oʻzini “Uztransgaz” AJ Fargʻona magistral boshqarmasi Namangan boʻlimi nazoratchisi deb tanishtirgan shaxs keladi.

Nazoratchi fuqaroga mazkur hudud yer ostidan katta bosimli gaz liniyasi oʻtganini, qurilish ishlarini olib borish uchun oʻzi faoliyat yuritib kelayotgan idoraning ruxsatnomasini olish kerakligini aytib, evaziga 700 AQSH dollari miqdorida pul soʻraydi.

Arizaga asosan, IIB TQX JQB K va IJQKB va DXX Namangan viloyati Boshqarmasi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida arizada nomi keltirilgan fuqaro murojaatchidan 700 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.