Viloyat IIB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, shu yilning 11-fevral kuni soat 06:40 larda nomaʼlum shaxs oʻzining boshqaruvida boʻlgan qora rangli “Gentra” rusumli avtomashinasida Namangan shahar A.Temur koʻchasida harakatlanib, yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda Namangan shahrida yashovchi, 1958-yilda tugʻilgan fuqaroni urib yuborib, hodisa joyidan yashiringan.

Natijada, piyoda olgan tan jarohati sababli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan JKning 117-moddasi 2-qismi va 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu holatni sodir etgan shaxs Namangan shahri hududida yashovchi 1997-yilda tugʻilgan fuqaro ekani aniqlangan. Holat yuzasidan qonuniy chora koʻrishlik uchun haydovchi va transport vositasi tergov boʻlimiga topshirilgan.