Namanganda qalbaki valyutalarni sotayotgan shaxslar ushlandi

    Voqea-hodisalar 24 Iyun 2025 515

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kosonsoy tumani boʻlimi, DXX va Bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.T. fuqaro A.X.ga qalbaki 20 000 AQSH dollarini haqiqiy 14 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 100 AQSH dollarlik kupyuradagi qalbaki 8 000 AQSH dollarini bergan vaqtida ushlanib, davom etgan tadbirda boshqa bir fuqaro N.T.dan qalbaki 6 000 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.