Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2007-yilda tugʻilgan va haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan X.Z. “Onix” avtomobilini katta tezlikda boshqarib, oldinda harakatlanayotgan transportni notoʻgʻri quvib oʻtish paytida piyodani urib yuborgan.
Piyoda — Navoiy viloyati IIB JXX YHXB xodimi, 1997-yilda tugʻilgan safdor Doniyor Nurillayev hodisa oqibatida olgan ogʻir tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Yangi Namangan tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov ishlari boshlangan.
Maʼlumot uchun: YPX xodimi Doniyor Nurillayev Yangi Namangan tumanida joylashgan IIVning gospitaliga davolanish uchun borgan.
IIV rahbariyati va shaxsiy tarkibi marhum xodimning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Barcha haydovchilarni yoʻl qoidalariga qatʼiy rioya etishga, ota-onalarni esa voyaga yetmagan farzandlariga ruxsatsiz avtoulov boshqarishga yoʻl qoʻymaslikka chaqirdi.








