Hozirgacha 2 ming gektar oʻzlashtirildi, shundan 1,3 ming gektarida bogʻ va uzumzor tashkil etildi, 4 ming kishi ishli boʻldi.
Bu ishlarni davom ettirib, Pop tumanida 4 ming gektar, Kosonsoy, Chust va Mingbuloq tumanlarida 1 ming gektardan yerni qayta foydalanishga kiritish vazifasi qoʻyildi.
Norin tumanida joylashgan baliqchilik klasteridagi ishlar yuqori baholandi. Oʻsha yerning oʻzida mahalliy aholi forel baligʻi yetishtirishga oʻrgatilmoqda.
Xoʻja-qoʻrgʻoncha mahallasidagi 25 ta xonadon klaster bilan kooperatsiya qilib, yiliga har biri 150 million soʻmgacha daromad koʻrmoqda.
Bu tizimni ommalashtirib, Uchqoʻrgʻon va Norin tumanidagi 1 ming xonadonda forel yetishtirishni yoʻlga qoʻyish, 1 sotixli 350 ta sunʼiy hovuz oʻrnatib, aholiga boʻlib berish muhimligi taʼkidlandi.
Niderlandiyalik hamkorlar bilan yiliga 20 ming tonna baliq ozuqasi ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.