O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 10-iyul kuni Namangan viloyati innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig'i Ilxomjon Sattorov va O'zbekiston quyonchilik xo'jaliklari assotsiatsiyasi boshqaruv raisi Abdurazzoq Ibragimovlar o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.
Unga ko'ra, Cрust innovatsion hududida Xikol va Xiplyus quyon zotlarini innovatsion texnologiyalar asosida hududiy iqlim sharoitiga genetik moslashtirish va aholining kam ta'minlangan qatlamida “xonadonbay” usulda ko'paytirish, uning zamonaviy seleksiyasini yaratish loyihasini tijoratlashtirish bo'yicha kelishuvga erishilgan.
Ushbu loyiha O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining navbatdagi Hay'at yig'ilishida 1,38 milliard so'm miqdorida moliyalashtirildi.
Loyiha davomida Cрust tumanida istiqomat qiluvchi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yщshlar daftari”ga kiritilgan oilalardan 50 ta xonadonlarning har biriga 40 tadan zotli quyonlar tarqatilib, aholini bandligi ta'minlanadi hamda ularni kambag'allikdan chiqarish choralari ko'riladi.