250 oʻringa moʻljallangan mazkur muassasada oʻgʻil-qizlarning zamonaviy bilim olishlari uchun qulay sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.
Koʻrkam, shinam va muhtasham ilm maskani 2020 - 2021 oʻquv yili uchun 120 nafar oʻquvchini qabul qildi. Ularning 88 nafari 1-sinf oʻquvchilaridir.Boshlangʻich taʼlim, yaʼni 1 - 4-sinflarga moʻljallangan mazkur maʼrifat dargohi ingliz tili hamda matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan.
Bu yerda darslar ertalab soat 8:00 dan boshlanib, 12:00 gacha davom etadi. Dars mashgʻulotlari ingliz, arab tillari, mental arifmetika va gimnastika toʻgaraklaridagi qizgʻin jarayonlarga ulanadi. Ilm maskanida yetarli ilm va salohiyat, malaka va tajribaga ega 11 nafar pedagog xodim ishlaydi.
Qayd etish joizki, Namangan viloyatida bugungi kunda 15 ta nodavlat taʼlim muassasasi faoliyat yuritib, ularda 1 133 nafar oʻquvchilar taʼlim – tarbiya olyapti, deb xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.