Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, YPX xodimlari toʻxtash ishorasini bergan «Onix» rusumli avtomashina haydovchisi tegishli hujjatlarga ega boʻlmagani bois qochishga urinib, qonun talablariga boʻysunmagan.

Ratsiya orqali uzatilgan maʼlumotdan keyin xizmatni oldinda olib borayotgan katta serjant Vahobjon Moʻminov avtomashinani toʻxtatishga uringan. Shu payt haydovchi yuqori tezlikda harakatlanib, xodimni urib ketgan va unga ogʻir tan jarohati yetkazgan.

Tezkor choralar natijasida transport vositasi toʻxtatilgan, haydovchi esa qoʻlga olingan.

Afsuski, katta serjant Vahobjon Moʻminov tibbiyot muassasasiga yetkazilganda vafot etgan.

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etdi.

Maʼlum qilinishicha, Moʻminov 2007-yildan buyon ichki ishlar organlarida fidokorona xizmat qilib kelgan. Uning ortidan turmush oʻrtogʻi, ikki qizi va bir oʻgʻli qoldi.