Raqobat qoʻmitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtgan 2024-yil davomida Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari tomonidan isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan benzin mahsulotlari sifati yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazildi.
Olib borilgan oʻrganishlar natijasida 7 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlar:
— “KOʻHINUR” MCHJ
— “IMRON REVER GROUP” MCHJ
— “BRAND YANGI MAKON” MCHJ
— “GʻULOM BOTIR OIL SERVIS” XK
— “OQTOSH YAGONA SANOAT” MCHJ
— “FAYZ SAXOVAD GAZ OIL” MCHJ
— “SOF OIL” MCHJlar tomonidan isteʼmolchilarga sifatsiz mahsulot sotganligi natijasida 103 mln soʻmga yaqin asossiz daromad olganlik holatlari aniqlangan.
Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi AYOQSHlarga nisbatan “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ishlar qoʻzgʻatilib, asossiz olingan daromadni isteʼmolchilarga qaytarish boʻyicha qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonun buzilishini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.