Qisqa vaqt ichida voqea joyiga Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yongʻin va qutqaruv guruhlari yetib keldi. Yongʻinni oʻchirish bilan bir qatorda, zinapoyadagi tutun sababli chiqa olmagan yuqori qavatdagi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.
Ularning bir qismi yongʻin oʻchirish narvoni yordamida tushirilgan boʻlsa, qarama-qarshi xonada yashovchi fuqarolar maxsus himoya kostyumlari yordamida olib chiqildi.
Shuningdek, hodisa oqibatlarini bartaraf etishga Milliy gvardiya xodimlari ham yaqindan koʻmaklashdilar. Oʻz vaqtida, tezkor va samarali olib borilgan harakatlar natijasida hodisadan jabrlanganlar yoki jarohat olganlar qayd etilmadi.
Namangan viloyati FVB qutqaruvchilari tomonidan koʻp qavatli uydagi yongʻin bartaraf etildi, milliy gvardiya xodimlari bilan oʻzaro hamkorlikda fuqarolar evakuatsiya qilindi