Viloyatdagi ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar, Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofoza qiluvchi organ xodimlarining farzandlari, oilaviy bolalar uylari, psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga atalgan “Prezident sovgʻalari” Namangan viloyatiga yetib keldi.
Bayram sovgʻalarini Namangan xalqaro aeroportida viloyat hokimligi, xalq taʼlimi boshqarmasi, milliy gvardiya, ichki ishlar boshqarmasi, OAV vakillari hamda tegishli masʼullar kutib oldilar.
3 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan 278 nafar bolaga moʻljallangan “Prezident sovgʻalari” joriy yilning 29-dekabr kuni viloyatimizda boʻlib oʻtadigan “Prezident archasi” bayram tadbirida oʻz egalariga tantanali tarzda topshiriladi.