Tadbirda IT Park viloyat filiali direktori M.Ubaydullaev, viloyat hokimining xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchisi I.Qo‘chqarova, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi M.Abdullaxanova shuningdek, bir qator hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Mazkur loyihada ishtirok etgan xotin-qizlar axborot-texnologiyalari sohasida o‘z faoliyatini boshlashlari hamda bandligi ta’minlanishiga zamin yaratib berilganligi uchun tashkilotchilarga minnatdorchiliklarini bildirdi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.