Farmon ijrosi doirasida bu yil ham Sud`yalar Oliy kengashi tomonidan odil sudlovga erishishdagi yuqori ko'rsatkichlari barobarida o'zining chuqur bilimi hamda ma'naviy fazilatlari bilan kasbdoshlariga namuna bo'layotgan 20 nafar sud`ya «Ibratli sud`ya» mukofoti tantanali tarzda topshirildi.
Mazkur yuksak e'tirofga loyiq ko'rilgan va taqdirlanganlar orasida Namangan viloyatidan fuqarolik ishlari bo'yicha YAngiqo'rg'on tumanlararo sudining raisi Nargiza Xalilova ham bor. Ko'p yillardan buyon sud-huquq tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan Nargiza Xalilovaning bosib o'tgan yo'li yoshlarga chinakam ibrat maktabidir.